Oftalmologiya, bolalar oftalmologiyasi
(Oftalmologiya, bolalar oftalmologiyasi)

MAVZU: KO`RISH FUNKTSIYALARI. TEKSHIRISH USULLARI. KASALLIK TARIXI SXEMASI.

Kirish: Ushbu modul’ 5 kurs talabalari uchun tuzilgan bo`lib, ko`zni ko`rish funktsiyalarini  tekshirish uchun asosiy bilimlarni shakllantirishga qaratilgan. Talaba o`rganilayotgan ko`zni ko`rish funktsiyalarini tekshira olishi, ularning patologiyalarini aniqlay olishi kerak.

Modulning maqsadi:

- 5kurs talabalarini ko`zni ko`rish funktsiyalarini  tekshirishga o`rgatish.

- Teoritik bilimlar, amaliy ko`nikmalarni xajmini aniqlash.

Modulning vazifalari:

- ko`zni ko`rish funktsiyalarini  tekshirishga o`rgatish.

- o`rganilayotgan ko`zni ko`rish funktsiyalarini  nuqsonlarini aniqlash bo`yicha bilimlarni  shakllantirish.

- Oftal’molog konsul’tatsiyasiga va statsionarga gospitalizatsiyaga ko`rsatmalarni aniqlashga o`rgatish.